Toskana gubernatori bilan o‘tkazilgan uchrashuvga oid
2026-07-14 20:50:00 / Yangiliklar va voqealar

14-iyul kuni Tashqi ishlar vazirligida Italiyaning Toskana viloyati gubernatori Eujenio Jani bilan uchrashuv o‘tkazildi.
E.Jani Samarqand va Buxoro shaharlariga tashrifi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berganini ta’kidladi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston hududlari va Toskana viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, to‘qimachilik, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, zargarlik sanoati, ta’lim, madaniyat, va turizm yo‘nalishlarida katta salohiyat mavjudligiga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida mamlakatimiz hududlari va Toskana o‘rtasida hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha birgalikda sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib olindi.


