Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashuv haqida
2026-06-22 13:15:00 / Yangiliklar va voqealar

Joriy yilning 22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokarada ilm-fan, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Hukumati va ICESCO o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va yaqin kelajakda samarali loyihalarni birgalikda amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan “Harakatlar rejasi”ning ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
