Kaliningrad viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Valeriy Sherin bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-06-11 13:10:00 / Yangiliklar va voqealar

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Kaliningrad viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Valeriy Sherin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar hududlararo hamkorlikning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, sanoat kooperatsiyasi, logistika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va boshqa istiqbolli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Shuningdek, hududlararo hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, o‘zaro tashriflar va biznes-missiyalarni muntazam tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
