Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-06-10 17:45:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daadanxuu Batbaatar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston keng qamrovli sheriklik munosabatlarining bugungi kun tartibidagi dolzarb mavzulari muhokama qilindi.
Jumladan, siyosiy hamkorlikning yuqori darajasi qayd etildi, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlar 2026-yilda turli darajadagi tashrif va muloqotlar rejalashtirilganini mamnuniyat bilan qayd etib, oldinda turgan vazifalar bo‘yicha yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
