Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatidagi muzokaralar to‘g‘risida
2026-06-05 19:45:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yil 4-iyun kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Nurlan Yermekbayev bilan uchrashdi.
Tomonlar Qirg‘iziston poytaxtida “ShHTning 25 yilligi barqaror tinchlik, taraqqiyot va farovonlik sari birgalikda” shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ShHT Davlat rahbarlari sammitiga tayyorgarlik jarayonini atroflicha muhokama qildi.
Shuningdek, ShHTning rivojlanish istiqbollari, tashkilot faoliyatining yangi yo‘nalishlari, kotibiyat faoliyati hamda uning tomonidan ishlab chiqilayotgan hujjatlar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston tomonidan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti maydonida ilgari surilgan tashabbuslar va dolzarb takliflarni amalga oshirish jarayoni batafsil tahlil qilindi.
