Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-06-05 18:50:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Majid Xon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar transport sohasida o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, bojxona jarayonlarini raqamlashtirish, tovar va xizmatlar harakati yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratgan holda tashkilot doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Prezidentining IHT sammitlarida ilgari surilgan tashabbuslarini, jumladan, “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari - 2035” hujjatini qabul qilish, savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni imzolashni izchil ilgari surishga, shuningdek, IHT doirasida bo‘lajak tadbirlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.


