Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-06-03 15:00:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari, jumladan, siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar joriy yilda turli darajalarda rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashdi.


