Eron elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-04-15 21:00:00 / Yangiliklar va voqealar

15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek dolzarb mintaqaviy masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
