Norvegiya elchisi bilan uchrashuvga oid
2026-04-15 18:00:00 / Yangiliklar va voqealar

15-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Norvegiyaning mamlakatimizga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Xelen Sand Andresen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida konsullik-huquqiy masalalar, shuningdek migratsiya sohasidagi hamkorlik, xususan shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirish, qo‘shma o‘quv markazlarini tashkil etish, kadrlar tayyorlashga norvegiyalik mutaxassislarni jalb etish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligini qayd etib, muloqotni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.
