Rossiya Federatsiyasi elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2026-03-04 17:30:00 / Yangiliklar va voqealar

4-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmanov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining ustuvor masalalari batafsil muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi koʻrib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, ikki va koʻp tomonlama formatlardagi boʻlajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashdilar.
