O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti
2026-02-28 22:00:00 / TIV bayonotlari
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskin ravishda taranglashuvi va keng mintaqada yangi ziddiyatli holat yuzaga kelganidan jiddiy xavotirdaligini bildiradi.
Barcha tomonlarni vazminlikka daʼvat etib, nafaqat harbiy-siyosiy, balki gumanitar jihatdan oldindan koʻrib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli keskinlashuvga sabab boʻladigan keyingi qadamlardan tiyilishga chaqiramiz.
Vujudga kelgan inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va oʻzaro maqbul muloqot yoʻli bilan hal etish maqsadga muvofiq ekanini taʼkidlaymiz.
Oʻzbekiston Respublikasi mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning izchil tarafdori va vaziyat eng tez fursatlarda normallashuvidan umidvor boʻlib qoladi.
