Jamoatchilik kengashi
Jamoatchilik Kengashining asosiy vazifalari,
funktsiyalari, huquqlari va majburiyatlari
Quyidagilar jamoatchilik Kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini ta'minlash, vazirlik zimmasiga Yuklangan hamda ijtimoiy
va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funktsiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini ko'rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro'yobga chiqarish bo'yicha vazirlik va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
birgalikda muloqot qilish, Vazirlikning nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta'minlash uchun vazirlikni fuqarolar bilan bog'lab turadigan "ko'prik" rolini bajarish;
Vazirlikka nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlashtirish va baholash;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan Vazirlikning faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sosiologik so'rovlar o'tkazish, jumladan ularni axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda o'tkazish;
Vazirlik faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil o'tkazish, shuningdek, ularning natijalari bo'yicha takliflar tayyorlash;
Vazirlik faoliyatining ochiqligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati to'g'risida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
Vazirlikning rasmiy veb-saytida jamoatchilik kengashi faoliyati bilan bog'liq ochiq e'lon qilinishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni joylashtirib borish hamda ularning har chorakda yangilanib borilishini ta'minlash;
Vazirlik faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o'rganish va ularni yaxshilash bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
Vazirlik faoliyati bo'yicha fuqarolar o'rtasida o'tkaziladigan tushuntirish ishlari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Vazirlik tizimidagi muassasalar xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko'rsatish sharoitlarini, shuningdek, ishdan bo'shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish bo'yicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari bo'yicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.
Jamoatchilik kengashi o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
Vazirlikning faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda murojaatlarini ko'rib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha Vazirlikka tegishli takliflar kiritadi;
Vazirlikning fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o'zaro hamkorligini tahlil qiladi, shuningdek, hamkorlikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Vazirlik faoliyatiga taalluqli uning normativ-huquqiy hujjatlari va qarorlarini takomillashtirish, ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan takliflarni vazirlik xodimlari o'rtasida muhokama qilishga bag'ishlangan tadbirlarni tashkil etishda qatnashadi;
davlat dasturlari loyihalarini, tadbirlar rejalarini va vazirlik faoliyatiga taalluqli, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi boshqa hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishda vakolatlari doirasida ishtirok etadi, bajarilgan ishlarning samaradorligini tahlil qiladi, shuningdek, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Vazirlikka nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni ko'rib chiqadi;
Vazirlik rahbarlari va xodimlarining fuqarolar bilan uchrashuvlarini, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko'rib chiqish bilan bog'liq ishlarni tashkil etishda, shu jumladan joylarga borib tashkil etishda qatnashadi, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring o'tkazadi;
Vazirlik tizimidagi muassasalar xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko'rsatish sharoitlarini yaxshilashda, shuningdek, ishdan bo'shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish muammolarini hal etishda ko'maklashadi;
xodimlar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalalari bo'yicha vazirlik xodimlari o'rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
Vazirlikda, uning hududiy bo'linmalarida, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalarida sog'lom ishchanlik muhitini rivojlantirish, qonuniylikni, yuksak huquqiy madaniyat va axloqiylikni ta'minlash, xodimlarda Vatanga sodiqlik ruhini va qonunlarga bo'lgan hurmatni kuchaytirish, ularni ijtimoiy, siyosiy, ruhiy va ma'naviy-ma'rifiy kamol toptirish, shuningdek, mazkur sohadagi ilmiy-ma'rifiy va o'quv adabiyotlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;
mamlakatda va xorijda keng jamoatchilikni vazirlik faoliyatini isloh qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida muntazam ravishda xabardor qilishni ta'minlaydi hamda mavjud muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Vazirlik faoliyatiga bag'ishlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkil etishda ishtirok etadi;
Vazirlik faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo'yicha bajarilayotgan ishlarning natijalarini tahlil qiladi, ularning samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi
huzuridagi jamoatchilik kengashi
Tarkibi
| № | IMZO | Lavozimi |
| 1 | SIDIKOV Zafar Umaroviсh |
O'zbеkiston vraсhlar assotsiatsiyasi raxbari Kеngash raisi |
| Komissiya a'zolari | ||
| 2 | BASITXANOVA Еlmira Irkinovna |
Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari |
| 3 | AGZAMOV Abduvali Abduganiyеviсh | O'zbеkiston vraсhlar assotsiatsiyasi Prеzidium a'zosi |
| 4 | XANAPIYAYЕV Farxod Raxmanoviсh | O'zbеkiston Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Rеspublika Kеngashi raisi |
| 5 | ABDURAXIMOV Zoxid Abduvasikoviсh | O' zbеkiston kasaba uyushmalari Fеdеratsiyasining Kurortologiya ilmiy-amaliy markazi dirеktori |
| 6 | SANAYEV Furqat Choriyеviсh | Sog'liqni saqlash vazirligi, matbuot xizmati bo'limi boshlig'i - vazirning matbuot kotibi |
| 7 | VAISOV Adxam Shavkatoviсh | O'zbеkiston xususiy vraсhlar assotsiatsiyasi raisi |
| 8 | USMANOVA Gulnora Мaxamadjanovna | O'zbеkiston hamshiralar assotsiatsiyasi raisi |
| 9 | MURATOVA Nadira Baxodirovna | Isida kompaniyasi dirеktоri |
| 10 | BЕGALIYEV Salomat Мaksitbayеviсh | O'zbеkiston vraсhlar assotsiatsiyasining Qoraqalpog'iston Rеspublikasi bo'limi raisi |
| 11 | MAMANOV Sardor Sobir o'g'li | Sog'liqni saqlash vazirligi Komlpsiyaga qarshi iсhki nazorat bo'limi boshlig'i |
| 12 | SATTOROV Mustafokul Jumayеviсh | o'zbеkiston vraсhlar assоtsiatsiyasining Surxondaryo bo'limi raisi |
| 13 | AXMЕDOVA Zuxra Хojimuratovna | Mirobod tuman 3-son oilaviy poliklinikasi bosh vraсhi |
| 14 | MUXTAROV Shuxrat Tursunoviсh | Respublika urologiya ilmiy-amaliy markazi dirеktori |
| 15 | SHAYXOVA Хolida Еrkinovna | O'zbеkiston otolaringologlar assotsiatsiyasi raisi |
| 16 | MUXITDINOV Salohiddin Zuxruddin o'g'li | Tibbiyot tashkilotlari assotsiatsiyasi ijroсhi dirеktori |
* Izoh: kengash a'zosi boshqa ishga o'tgan taqdirda uning o'rniga tayinlangan shaxs kengash a'zosi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 2025-yil II yarim yillik uchun. ISH REJASI
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdan tashqari majlisi. BAYONNOMASI
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolarining telefon raqami, pochta va elektron manzillari, ijtimoiy messenjerlardagi rasmiy sahifalari to‘g‘risida. MA’LUMOT
Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi jamoatchilik Kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi
Vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risida 2025 yil 9 sentyabrdagi 282-sonli buyrug'i.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi DASTURI va KUN TARTIBI
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan 2022 yil II chorak davomida o'tkazilgan yig'ilishlar va kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan ma'lumot
Yig'ilish bayonnomalari:
Jamoatchilik kengashi tarkibi Sog'liqni saqlash vazirining 2021 yil 30 iyundagi 156-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan.
Vazirlik matbuot xizmati jamoatchilik Kengashining ishchi organi hisoblanadi.
Matbuot xizmati bilan bog'lanish:
tel. +998 (71) 241-16-40
e-mail: furkat.sanaev@minzdrav.uz
