Saytga ma'lumot
"Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida"gi Qonunining 5-bob,
27-moddasiga asosan Davlat şaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinişini kafolatlaydi.
Mulkdor va (yoki) operator, şuningdek uçinçi şaxs şaxsga doir ma’lumotlarni himoya qiliş böyiça quyidagilarni ta’minlaydigan huquqiy, taşkiliy va texnik çoralarni köradi:
- sub’ektning öz şaxsiy hayotiga aralaşuvdan himoya qiliniş huquqi amalga oşirilişini;
- şaxsga doir ma’lumotlarning yaxlitligini va but saqlanişini;
- şaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etilişini;
- şaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravişda işlov berilişining oldi olinişini.
28-moddasi. Şaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi
Sub’ektning roziligisiz yoki boşqa qonuniy asos mavjud bölmagani holda şaxsga doir ma’lumotlarni oşkor etiş va tarqatişga yöl qöyilmasligi töğrisida mulkdor va (yoki) operator yoki şaxsga doir ma’lumotlardan foydalanişga ruxsat olgan boşqa şaxs tomonidan rioya etilişi majburiy bölgan talab şaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligidir.
Mulkdor va (yoki) operator hamda şaxsga doir ma’lumotlardan foydalanişga ruxsat olgan boşqa şaxslar sub’ektning roziligisiz şaxsga doir ma’lumotlarni uçinçi şaxslarga oşkor etmasligi va tarqatmasligi şart.
