Umumiy ma'lumot
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi (keyinçalik matnda vazirlik) soğliqni saqlaş böyiça Markaziy davlat boşqaruvi hisoblanib, öz faoliyati böyiça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga böysunadi. Vazirlik faoliyatini boşqa davlat idoralari, jumladan davlat muassasalari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrining ijro etuvçi hokimiyat idoralari, şuningdek boşqa jamoatçilik taşkilotlari bilan birga olib boradi.
Vazirlik faoliyati Özbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, qonunlari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boşqa rasmiy hujjatlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining buyruq va farmoyişlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va buyruqlari, şuningdek boşqa qonuniy hujjatlar, Özbekiston Respublikasi bilan soğliqni saqlaş böyiça tuzilgan xalqaro şartnomalar, şuningdek uşbu Nizom asosida yuritiladi.

Vazirlik vakolati doirasida çiqarilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi davlat idoralari, korxonalari, muassasalari, taşkilotlari va umuman Özbekiston Respublikasida joylaşgan mulkçilik şaklidan qa’tiy nazar barça jamoatçilik birlaşmalari va jismoniy şaxslar uçun majburiydir. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, viloyat va Toşkent şahrida soğliqni saqlaş böyiça faoliyat olib borayotgan idoralar, ularning şahar va tumanlardagi bölimlari respublikada yagona soğliqni saqlaş boşqaruv idorasi tizimini taşkil etadi.
Vazirlik yuridik şaxs bölib, öziga tegişli mulkni, kirim – çiqim harajatlarini, bankdagi hisob –kitoblarni boşqariş va öz nomi, şuningdek Özbekiston Respublikasi gerbining tasviri tuşirilgan muhrga egalik qiliş huquqiga ega.
