Soğliqni saqlaş siyosati
Özbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida
Respublikada soğliqni saqlaş tizimini isloh qiliş çora-tadbirlarini amalga oşiriş doirasida aholiga tibbiy yordam körsatişning zamonaviy tizimini şakllantiriş borasida muayyan natijalarga erişildi.
Ötgan davrda qişloq vraçlik punktlari, şahar va qişloq oilaviy poliklinikalarini taşkil etiş orqali birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini körsatiş tizimi takomillaştirildi hamda aholining uşbu xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari kengaytirildi. Şoşilinç tibbiy yordam körsatişning yagona markazlaşgan tizimi yaratildi, fuqarolarga, jumladan, joylarda yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam körsatuvçi respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmoği takomillaştirilmoqda.
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş böyiça qator maqsadli milliy dasturlar amalga oşirildi. Bolalarning irsiy va tuğma kasalliklar bilan tuğilişining oldini oliş maqsadida respublika va hududiy skrining markazlari taşkil etildi.
Natijada 1991 — 2017-yillarda umumiy ölim körsatkiçi 20 foizga, onalar va çaqaloqlar ölimi 3,1 barobar kamaydi. Örtaça umr köriş davomiyligi 1995-yilga nisbatan 4,6 yilga oşdi va bugungi kunda 73,7 yilni taşkil etmoqda.
Şu bilan birga, soğliqni saqlaş sohasi faoliyatini taşkil etişda sönggi yillarda töplanib qolgan tizimli kamçilik va muammolar fuqarolarning soğliğini muhofaza qiliş tizimini yanada takomillaştirişga qaratilgan vazifalarni samarali hal etişga tösqinlik qilmoqda. Xususan:
birinçidan, soğliqni saqlaş tizimini boşqariş va rejalaştiriş böyiça konsepsiya hamda strategik maqsadlarning mavjud emasligi oqibatida uşbu sohadagi islohotlar töliq bölmagan şaklda amalga oşirilmoqda, bu esa aholining tibbiy yordam sifatiga doir istak va talablariga javob bermayapti;
ikkinçidan, soğliqni saqlaş sohasidagi smetali moliyalaştiriş tizimi eskirgan, zamonaviy xalqaro amaliyotga mos kelmaydigan mexanizmlarga asoslangan bölib, moliya resurslarining samarasiz işlatilişiga va sohaning surunkali tarzda moliyalaştirilmay qolişiga olib kelmoqda;
uçinçidan, kasalliklarni profilaktika qiliş va barvaqt aniqlaş, patronaj va soğlom turmuş tarzini şakllantiriş böyiça işlar samaradorligining pastligi fuqarolarning ixtisoslaşgan tibbiy yordam sörab murojaat qilişining köpayişiga sabab bölmoqda;
törtinçidan, aholiga tibbiy yordam körsatişning turli darajalari va bosqiçlari, şu jumladan, davolaş va salomatlikni tiklaş jarayonida uzviylik sust rivojlangan;
beşinçidan, amaldagi kadrlar siyosati tibbiy yordam körsatişning barça darajalarida, ayniqsa, birlamçi böğinda mutaxassislar bilan ta’minlaşning, şuningdek, soğliqni saqlaş tizimi taşkilotçilari va boşqaruv xodimlarini tayyorlaşning istiqbollarini prognozlaştiriş imkonini bermayapti;
oltinçidan, tibbiy amaliyotning ta’lim va ilm-fan bilan integratsiyasi sustligi ixtisoslaştirilgan markazlarning innovatsion salohiyati pastligi bilan birgalikda zamonaviy tibbiyot yutuqlarini davolaş-taşxis jarayoniga joriy etişga salbiy ta’sir körsatmoqda;
yettinçidan, elektron soğliqni saqlaş sohasida yagona standartlar mavjud emas, tibbiy xizmatning integratsiyasini va samarali boşqarilişini ta’minlaydigan zamonaviy dasturiy mahsulotlar joriy etilmagan, mavjud axborot tizimlari va texnologiyalari tarqoq tusga ega va tor yönalişlarga möljallangan.
Aholiga tibbiy yordam körsatişning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oşirişni ta’minlaydigan soğliqni saqlaş tizimini taşkil etiş va moliyalaştirişning konseptual jihatdan yangi modellarini şakllantiriş, tibbiyot fani va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etiş maqsadida, şuningdek, 2017 — 2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
1. Quyidagilar Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş tizimini isloh qilişning eng muhim yönalişlari deb hisoblansin:
soğliqni saqlaş sohasidagi milliy qonunçilikni uni unifikatsiyalaş hamda tibbiy xizmat sifatini oşiriş va bemorlar huquqlarini himoya qiliş, şuningdek, tibbiyot xodimlarining mas’uliyati va himoyalanganligini kuçaytirişga qaratilgan töğridan töğri ta’sir qiluvçi qonunlarni qabul qiliş orqali takomillaştiriş;
jahon standartlari asosida menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boşqarişning eng namunali amaliyotlarini joriy etişni ta’minlaydigan zamonaviy boşqaruv tizimini va hududlarda soğliqni saqlaşni taşkil etişning “klaster” modelini şakllantiriş, tibbiyot va farmatsevtika muassasalarini akkreditatsiya qiliş, şifokorlik va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalaş tizimini joriy etiş;
tibbiyot sohasini moliyalaştiriş tizimini takomillaştiriş, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini belgilaş, tibbiy xizmatlar uçun klinik-xarajat guruhlari böyiça “har bir davolangan holat” uçun tölaş tizimini hamda kişi boşiga moliyalaştirişning yangi mexanizmlarini joriy etiş, şuningdek, majburiy tibbiy suğurtani bosqiçma-bosqiç joriy etiş;
tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommabopligini oşiriş, şuningdek, tibbiy standartlaştiriş tizimini şakllantiriş, taşxis qöyiş va davolaşning yuqori texnologik usullarini joriy etiş, patronaj xizmati va dispanserizatsiyaning samarali modellarini yaratiş orqali soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va kasalliklarni profilaktika qiliş;
tibbiy genetikani, ayollar va bolalarga şoşilinç va ixtisoslaşgan tibbiy yordamni rivojlantiriş asosida, zamonaviy skrining dasturlarini joriy etiş, “Ona va bola” hududiy köp tarmoqli tibbiyot majmualari va ma’lumotlar tizimlarini şakllantiriş asosida onalik va bolalikni muhofaza qiliş tizimini takomillaştiriş;
xususiy soğliqni saqlaş tizimi, davlat-xususiy şerikligini va tibbiy turizmni rivojlantiriş, soğliqni saqlaş sohasiga investitsiyalarni keng jalb etiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş va raqobat muhitini yaxşilaş;
farmatsevtika tarmoğini yanada rivojlantiriş, narx şakllanişi mexanizmlarini takomillaştiriş, dori vositalari, tibbiy texnika va buyumlar işlab çiqariş hajmi va turlarini kengaytiriş;
tibbiy kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşirişning samarali tizimini şakllantiriş, tibbiyot fanini rivojlantiriş, şu jumladan, tibbiyot ilmiy va ta’lim muassasalarini xalqaro standartlar böyiça sertifikatlaştiriş (akkreditatsiyadan ötkaziş) zamonaviy ta’lim dasturlari, usul va texnologiyalarini joriy etiş asosida;
“elektron soğliqni saqlaş” tizimini keng joriy etiş, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalaşgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi majmuasini yaratiş.
2. Quyidagilar:
2019 — 2025-yillarda Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş konsepsiyasi (keyingi örinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
2019 — 2021-yillarda Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş konsepsiyasini amalga oşiriş çora-tadbirlari dasturi (keyingi örinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qöyilsinki, vazirlik va idoralar rahbarlari Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning öz vaqtida, töliq va sifatli amalga oşirilişi uçun şaxsan javobgar böladilar.
3. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasining quyidagilar töğrisidagi takliflari qabul qilinsin:
2022-yil 1-yanvardan boşlab respublikaning 3-ilovaga muvofiq ayrim tumanlarida tibbiyot muassasalarini “har bir davolangan holat” uçun klinik-xarajat guruhlari böyiça va kişi boşiga moliyalaştiriş tizimini (keyingi örinlarda — moliyalaştirişning yangi mexanizmlari) eksperiment tartibida joriy etiş;
eksperiment natijalarini tanqidiy tahlil qiliş asosida moliyalaştirişning yangi mexanizmlarini 2022-yil 1-yanvardan boşlab respublikaning barça hududlarida bosqiçma-bosqiç tatbiq etiş;
2019-yil 1-iyuldan boşlab viloyat va tuman (şahar) darajasidagi statsionar soğliqni saqlaş muassasalarida aralaş moliyalaştiriş tizimini joriy etiş, bunda kafolatlangan bepul tibbiy xizmat hajmiga kirmaydigan davolaş turlari pulli asosda amalga oşiriladi;
2019-yil 1-iyuldan boşlab ayrim davolaş-profilaktika muassasalarini işlab çiqilgan investitsiya loyihalari (keyingi örinlarda — investitsiya loyihalari) asosida belgilangan tartibda investorlarga işonçli boşqaruvga beriş;
4. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi (keyingi örinlarda — Vazirlik):
a) Moliya vazirligi, Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni nazarda tutadigan “Majburiy tibbiy suğurtalaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi işlab çiqilişi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilişini ta’minlasin:
majburiy tibbiy suğurtalaşning huquqiy asoslari, mexanizmlari va joriy etiş bosqiçlari;
majburiy tibbiy suğurtalaş subyektlarini, uşbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga soliş böyiça vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilaş;
majburiy tibbiy suğurtalaş dasturlarini moliyalaştiriş mablağlarini şakllantiriş manbalari;
b) Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi bilan birgalikda uşbu Farmonni amalga oşirişda texnik kömakni ta’minlaş, şu jumladan, majburiy tibbiy suğurtalaşni joriy etiş böyiça tadbirlarni texnik-iqtisodiy asoslaşni amalga oşiriş uçun Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni taşkil etiş çoralarini körsin.
5. Soğliqni saqlaş tizimini tubdan takomillaştirişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça işçi komissiya (keyingi örinlarda — Işçi komissiya) taşkil etilsin va uning tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Işçi komissiyaning asosiy vazifalari etib Konsepsiyani amalga oşirişga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda sifatli işlab çiqiş va kiritiş hamda amaliy çoralar körilişini taşkil qiliş belgilansin.
Işçi komissiya (A.A. Abduhakimov):
bir hafta muddatda vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining mutaxassislarini, fuqarolik jamiyati institutlari, yetakçi xorijiy konsalting kompaniyalari va xalqaro taşkilotlarning vakillarini jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlaş böyiça ekspert guruhlarini tuzsin, ularning samarali faoliyatini taşkil etsin;
Dasturda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining qonunçilikni, huquqni qöllaş amaliyoti va ilğor xorijiy tajribani tanqidiy tahlil qiliş asosida tayyorlanişini ta’minlasin;
normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari izçil va sifatli tayyorlanişi, öz vaqtida belgilangan tartibda körib çiqilişi va kiritilişi, şuningdek, Dasturda nazarda tutilgan boşqa tadbirlarning amalga oşirilişi ustidan doimiy nazoratni amalga oşirsin;
2019-yil 1-aprelga qadar muddatda ayrim davolaş-profilaktika muassasalarini belgilangan tartibda investorlarga işonçli boşqaruvga beriş böyiça investitsiya loyihalarini tayyorlasin hamda ularning Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasining Investitsiya portalida joylaştirilişini ta’minlasin;
soğliqni saqlaş sohasidagi eng namunali davlat-xususiy şeriklik amaliyotlarining monitoringini va keng tatbiq etilişini ta’minlasin.
9. Vazirlik ikki oy muddatda Agentlik tuzilmasi va uning nizomini Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlaş uçun kiritsin.
Belgilansinki, Agentlik faoliyatini taşkil etiş davlat soğliqni saqlaş tizimi organlari va taşkilotlarining ştat sonini optimallaştiriş hisobidan “Soğliqni saqlaş” tarmoği uçun ajratiladigan budjet mablağlari doirasida amalga oşiriladi.
10. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) bir hafta muddatda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlik faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisidagi qarori loyihasini;
b) ikki oy muddatda Özbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagilarni nazarda tutadigan tibbiy ta’lim va tibbiyot fani tizimini yanada rivojlantiriş böyiça qarori loyihasini:
örta va oliy tibbiy ta’lim tizimini isloh qiliş, öquv rejalari, dasturlari, öquv-uslubiy materiallari va nazariy maşğulotlarni yanada optimallaştiriş va amaliy maşğulotlarni köpaytiriş nuqtai nazaridan qayta körib çiqiş, şuningdek, ularni tibbiyot fani va amaliyotining umumjahon yutuqlariga muvofiqlaştiriş;
ilğor ilmiy işlanmalar va texnologiyalarni amaliy soğliqni saqlaşga integratsiya qilişda tibbiy oliy ta’lim muassasalari klinikalarining rolini kuçaytiriş;
tor mutaxassisliklar böyiça tibbiy kadrlarni tayyorlaşni takomillaştiriş, magistratura va klinik ordinaturada öqitiş muddatlarini klinik könikmalarni egallaş murakkabligidan kelib çiqqan holda maqbullaştiriş;
oliy öquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini, soğliqni saqlaş mutaxassislarining malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş tizimini qayta körib çiqiş, muammolarga yönaltirilgan modulli öquv dasturlarini joriy etiş, masofadan öqitiş mexanizmlarini keng qöllaş;
boşqaruv va öquv jarayoniga yuqori malakali va malakali xorijiy mutaxassislar, olimlar va öqituvçilarni keng jalb etiş;
v) ikki oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu Farmondan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida takliflarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N. Aripov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Ş. Nizomiddinov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi A.A. Abduvaxitov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining birinçi örinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş. MIRZIYOYEV
