SSV: Jamoatchilik bilan muloqot yanada kuchaytiriladi
2026-06-25 13:55:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning samaradorligini oshirish hamda oldinda turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, mazkur jarayonda Jamoatchilik kengashi vazirlik va jamoatchilik o‘rtasidagi samarali muloqotni ta’minlash, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi.
Jamoatchilik kengashi raisi, O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi rahbari Zafar Sidikov o‘z so‘zida vazirlik va jamoatchilik o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada kuchaytirish, fuqarolarning fikr va takliflarini tizimli ravishda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Shuningdek, kengash a’zolarining hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga oid takliflari tinglanib, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar yuzasidan jamoatchilik fikrini tizimli shakllantirish hamda fuqarolik jamiyati institutlarini qarorlar qabul qilish jarayoniga keng jalb etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati - sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning muhim omillaridan biridir.
SSV Matbuot xizmati.


