Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi jamoatchilik Kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi
2025-10-14 17:15:00 / Yangiliklar
Unda qayd etilganidek, fuqarolik jamiyati sari dadil odimlayotgan yurtimizda jamoatchilik tuzulmalari o'rni va nufuzi sezilarli darajada oshmoqda. Xususan, bu borada Prezidentning 2018 yil 4 iyuldagi "Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida tuzilgan Kengashlarning katta o'rni bor.

Negaki, ularning jamoatchilik nazoratini ta'minlash bilan bog'liq faoliyati tobora izchillik kasb etayotir. Buni vazirlik huzuridagi Kengash tomonidan olib borilayotgan sa'y-harakatlar ham yaqqol tasdiqlaydi.
Yig'ilishda mazkur tuzilma faoliyati samaradorligini yanada oshirish bilan bog'liq dolzarb vazifalar hamda jamoatchilik Kengashining yangi tahrirdagi nizomini tasdiqlash va boshqa tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi.
Tadbirda Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari E. Basitxanova ishtirok etdi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


