Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash Bosh kotibi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-06-04 19:45:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) Bosh kotibi Qayrat Saribay bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va OHICHK o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Tomonlar OHICHK doirasida savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalaridagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy mexanizmlarni ilgari surish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, OHICHKning institusional jihatdan rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.


