Asosiy kontentga o'tish

O‘zbekiston Respublikasi vizasi

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, kirish vizalari bo‘lgan taqdirdagina O‘zbekistonga kirishlari va uning hududi orqali tranzit o‘tishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama xalqaro shartnomalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlarida vizasiz kirish rejimi belgilangan davlatlarning fuqarolari bundan mustasno (bunday davlatlar ro‘yxati va vizasiz rejim muddati to‘g‘risidagi ma’lumot quyida keltiriladi).

Chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vizalar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida viza tasdiqnomasi asosida beriladi (O‘zbekiston Respublikasi TIV Konsullik-huquqiy departamentining tasdiqnomasi).

Viza O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga taqdim etilgan O‘zbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o’tgan yuridik va jismoniy shaxslarning taklifnoma-arizasi asosida rasmiyashtiriladi.

Chet el fuqarolari yuridik shaxslar tomonidan taklif etilganda taqdim etiladigan hujjatlar ro’yxati:

- Tashkilotning rasmiy blankida to‘ldirilgan, o‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi;

- evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa; 

- Taklif qilinayotgan shaxsning, tashkilot rahbarining va tashkilotning hujjatlarini topshirishga vakolatli xodimining pasportlari nusxalari;

- Tashkilotning rasmiy hujjatlari nusxalari (litsenziya, sertifikat, guvohnoma va hk.);

- Tashkilot rahbari va vakolatli xodimining ishga joylashish to‘g‘risidagi buyruqlari nusxalari;

- Tashkilotning vakolatli xodimi nomiga berilgan ishonchnoma nusxasi;

- Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari;

- Taklif qilinayotgan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan berilgan mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma.

Investitsion vizasini rasmiylashtirish uchun taklif qiluvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yuridik shaxs yuqorida qayd etilgan hujjatlardan tashqari quyidagi ma’lumotnomalardan birini taqdim etishi kerak:

- xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori to‘g‘risida (“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan beriladi); 

- xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilganligi to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi). 

Jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- O‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi;

- evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa;

- Taklif qilinayotgan va taklif qilayotgan shaxslarning pasportlari nusxalari;

- Ichki ishlar organlari tomonidan olingan taklifnoma ruxsatining asli;

- Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari.

Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qilingan yozma iltimosnomalari 4 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar viza olish uchun O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

- pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hujjati (ushbu hujjatlarning amal qilish muddati viza muddatidan kamida 3 oydan ko‘p bo‘lishi lozim);

- 2 nusxada to‘liq to‘ldirilgan viza talabnomasi;

- 2 ta rangli fotosurat (pasport o‘lchamida - 35x45mm).

Tranzit vizasini olish uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda, tashrif buyurgan davlatning vizasi va O‘zbekistondan belgilangan mamlakatga jo‘nash sanasi tasdiqlangan sayohat hujjatlariga ega bo‘lishlari kerak. Bunday holda viza hujjatlarini ko‘rib chiqish muddati 3 kun.

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik muassasasi yoki konsullik vakolatxonasi bo‘lmagan davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vizani O‘zbekistonga kelib, Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektoridan olishlari mumkin. Buning uchun O‘zbekiston hududidagi taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs o‘rnatilgan tartibda oldindan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi, Konsullik huquqiy departamenti Viza bilan ta’minoti bo‘limidan tegishli tasdiq (shtamp) olishi va uni taklif qilinuvchi shaxsga yuborishi lozim. Mazkur tasdiq taklif qilinuvchi shaxs tomonidan aviachipta xarid qilish va o‘z davlatidagi pasport tekshiruvidan o‘tish paytida taqdim etiladi va ushbu hujjat asosida Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektorida unga viza rasmiylashtiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vizalarni rasmiylashtirish va berish uchun quyidagi konsullik yig‘imlari o‘rnatilgan:

a) Bir martalik vizalar uchun:

7 kungacha — 40 AQSh dollari; 

15 kungacha — 50 AQSh dollari;

30 kungacha — 60 AQSh dollari;

3 oygacha — 80 AQSh dollari;

6 oygacha — 120 AQSh dollari;

1 yilgacha — 160 AQSh dollari.

Izoh: har bir qo‘shimcha kirishlar soni uchun tariflar stavkasi 10 AQSh dollariga oshiriladi.

b) Ko‘p martalik vizalar uchun:

6 oygacha- 150 AQSh dollari;

1 yilgacha — 250 AQSh dollari;

2 yilgacha — 300 AQSh dollari;

3 yilgacha — 350 AQSh dollari.

c) Tranzit vizalar uchun:

72 soatgacha — 40 AQSh dollari;

ikki martalik tranzit viza uchun — 50 AQSh dollari.

d) Turistik vizalar uchun:

30 kunga — 40 AQSh dollari.

Izoh: har bir qo‘shimcha kirishlar soni uchun tariflar stavkasi 10 AQSh dollariga oshiriladi.

e) Guruh vizalari uchun (guruhda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari kamida 5 kishi bo‘lishi lozim):

15 kungacha — 15 AQSh dollari (har bir kishi uchun);

30 kungacha — 25 AQSh dollari (har bir kishi uchun).

f) elektron viza:

Bir martalik elektron kirish vizasi uchun - 20 AQSh dollari;

30 kungacha bo‘lgan ikki martalik elektron viza uchun - 35 AQSh dollari;

30 kungacha bo‘lgan ko‘p martalik elektron viza uchun - 50 AQSh dollari;

Guruh elektron vizasini 30 kungacha berish uchun - har bir kishi uchun 20 AQSh dollaridan.

Bundan tashqari viza berish paytida viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy harajatlarni qoplash uchun yig‘imlar undiriladi. Bunday yig‘imlarning miqdori viza rasmiylashtirilayotgan joyga bog‘liqdir (murojaat qilayotgan shaxsning fuqaroligidan qat’iy nazar).

Izoh: O‘zbekiston Respubliksasi bilan tegishli ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar tuzgan davlat fuqarolariga nisbatan O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishning boshqacha tartibi joriy qilingan bo‘lishi mumkin.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KIRISH, CHIQISH VA TRANZIT VIZALARI (ELEKTRON BO‘LMAGAN) TOIFALARINING RO‘YXATI

1. D-1

Diplomatik kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun)

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) akkreditatsiya muddatiga beriladi.

 

2. D-2

Diplomatik kirish vizasi (vaqtincha turganlar uchun)

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) 3 oygacha muddatga beriladi.

3. DT

Diplomatik kirish vizasi (diplomatik pasport egalari uchun turistik)

O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kirayotgan xorijiy davlatlarning diplomatik xodimlari va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) 1 oygacha muddatga beriladi.

4. S-1

Xizmat kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun)

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lmagan), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.

5. S-2

Xizmat kirish vizasi (vaqtincha)

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lmagan), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga 3 oy muddatgacha beriladi.

 

6. S-3

Xizmat kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining taklifi bo‘yicha )

O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, qonunchilikda nazarda tutilgan, shuningdek, Prezident va Hukumat tashabbusi bilan tashkil etilgan nodavlat notijorat birlashmalar taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga xizmat safariga keluvchi xorijiy fuqarolarga 1 yil muddatgacha beriladi.

7. О

Rasmiy kirish vizasi (rasmiy va davlat tashriflari doirasida)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi rasmiy delegatsiya a’zolariga rasmiy tadbirlar o‘tkazish muddatiga beriladi.

8. В-1

Ishbilarmonlik kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasining profil muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilinganlar uchun)

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek xorijiy banklar yoki boshqa moliyaviy tashkilotlar xodimlariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.

9. В-2

Ishbilarmonlik kirish vizasi (biznes viza)

O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan ishbilarmonlik doiralari vakillariga 1 yil muddatgacha beriladi.

10. Т

Turistik kirish vizasi

O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan xorijiy fuqarolarga 1 oy muddatgacha beriladi.

11. TG

Guruhli turistik kirish vizasi

O‘zbekiston Respublikasiga kamida 5 kishidan iborat bo‘lgan turistik guruh tarkibida turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan xorijiy fuqarolarga 1 oy muddatgacha beriladi.

12. PLG

Ziyorat kirish vizasi

Turistik faoliyat sub’ektlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning so‘rovnomalari bo‘yicha O‘zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma’naviy merosi, an’analarini o‘rganish uchun xorijiy fuqarolarga 2 oy muddatgacha beriladi.

13. Е

Ishchi kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyasi asosida)

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyati huquqi tasdiqlangan muddatga beriladi.

14. J-1

Matbuot vakillari uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan)

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.

15. J-2

Matbuot vakillari uchun kirish vizasi («Dunyo» AAda vaqtincha akkreditatsiya qilinganlar)

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida vaqtincha akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.

16. PV-1

Mehmon kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha mehmon safarini amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi.

17. PV-2

Mehmon kirish vizasi (xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha)

O‘zbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy fuqarolar taklifi bo‘yicha mehmon safarini amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi.

18. VTD

Vatandoshlar uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha)

O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilganlar va ularning oila a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va uning hududida doimiy yashovchi ularning qarindoshlari tomonidan taklifnoma mavjud bo‘lganda 2 yilgacha muddatga beriladi.

19. STD

Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga)

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo o‘zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

20. А-1

O‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga)

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

21. А-2

O‘qituvchilar kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy asosda ishga joylashishda)

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy o‘quv muasasalari filiallarining professor-o‘qituvchilar tarkibiga — xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi. O‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

22. А-3

Akademik kirish vizasi (vaqtincha asosda)

O‘zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot (dissertatsiyalar, ilmiy ishlar uchun materiallar to‘plash) va o‘qituvchilik faoliyatini (qisqa muddatli sayyor ma’ruzalar) yuritishni xohlaydigan xorijiy shaxslar uchun 3 oydan 2 yilgacha muddatga beriladi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar yoki idoralar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

23. MED

Tibbiy kirish vizasi

Davolash-profilaktika muassasalari taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga davolanish uchun keladigan xorijiy fuqarolar uchun 3 oygacha muddatga beriladi.

24. С-1

Ekipaj uchun kirish vizasi

Havo kemalari va temir yo‘l tarkiblari ekipajlarining xorijiy a’zolariga 1 yilgacha muddatga beriladi.

25. С-2

Haydovchilar uchun kirish vizasi

Yuk tashuvchi avtotransport vositalarining xorijiy haydovchilariga 1 yilgacha muddatga beriladi.

26. EXIT

Chiqish vizasi

Xorijiy fuqarolar tomonidan kirish vizalarining muddati kechiktirilgan hollarda ularning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi uchun 1 oygacha muddatga beriladi.

27. TRAN

Tranzit vizasi

O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan o‘tuvchi xorijiy fuqarolarga 3 kungacha muddatga beriladi.

28. INV

Ko‘p martalik investitsiya vizasi

Xorijiy investitsiyalarni kiritish paytida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan 8500-martali bazaviy to‘lov kattaligidan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik uyushmalarining aksiyalari va ulushlarini olish, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokida bo‘lgan korxonalarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiya kiritayotgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan ushbu korxonalarning so‘rovnomalari bo‘yicha beriladi, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi, 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi.

Bunda, investorning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandlari)ga «Investment visa» amal qilish muddatiga mos ravishda mehmon vizasi respublikadan chiqmasdan turib uzaytirish huquqi bilan rasmiylashtirib beriladi.

O‘ZBEKISTONNING ALOHIDA DAVLATLAR BILAN VIZA TARTIBI

Fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasida vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar ro‘yxati

Cheklanmagan muddat:

1. Ozarbayjon Respublikasi

2. Gruziya

3. Armaniston Respublikasi

4. Belarus Respublikasi

5. Qozog‘iston Respublikasi

6. Moldova Respublikasi

7. Rossiya Federatsiyasi

8. Ukraina

30 kungacha:

9. Tojikiston Respublikasi

60 kungacha:

10. Qirg‘iziston Respublikasi

30 kungacha:

11. Avstraliya ittifoqi

12. Avstriya Respublikasi

13. Argentina Respublikasi

14. Bosniya va Gersegovina

15. Vatikan

16. Lyuksemburg Buyuk knyazligi

17. Vengriya

18. Bruney-Darussalom shtati

19. Isroil davlati

20. Yunoniston Respublikasi

21. Irlandiya

22. Islandiya

23. Italiya Respublikasi

24. Kanada

25. Andorra knyazligi

26. Lixtenshteyn knyazligi

27. Monako knyazligi

28. Belgiya Qirolligi

29. Daniya qirolligi

30. Ispaniya qirolligi

31. Niderlandiya qirolligi

32. Norvegiya qirolligi

33. Shvetsiya Qirolligi

34. Latviya Respublikasi

35. Litva Respublikasi

36. Malayziya

37. Mo'g'uliston

38. Yangi Zelandiya

39. Birlashgan Arab Amirliklari

40. Portugaliya Respublikasi

41. Bolgariya Respublikasi

42. Indoneziya Respublikasi

43. Kipr Respublikasi

44. Koreya Respublikasi

45. Malta Respublikasi

46. Polsha Respublikasi

47. San-Marino Respublikasi

48. Serbiya Respublikasi

49. Sloveniya Respublikasi

50. Xorvatiya Respublikasi

51. Chili Respublikasi

52. Ruminiya

53. Singapur

54. Slovakiya Respublikasi

55. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning Birlashgan Qirolligi

56. Turkiya Respublikasi

57. Braziliya Federativ Respublikasi

58. Germaniya Federativ Respublikasi

59. Finlandiya Respublikasi

60. Frantsiya Respublikasi

61. Chernogoriya

62. Chexiya

63. Shveytsariya Konfederatsiyasi

64. Estoniya Respublikasi

65. Yaponiya

66. Antigua va Barbuda

67. Barbados

68. Beliz

69. Grenada

70. Dominik Respublikasi

71. Birlashgan Meksika shtatlari

72. Gvatemala Respublikasi

73. Gonduras Respublikasi

74. Kosta-Rika Respublikasi

75. Kuba Respublikasi

76. Nikaragua Respublikasi

77. Panama Respublikasi

78. Trinidad va Tobago Respublikasi

79. Salvador Respublikasi

80. Sent-Vinsent va Grenadinlar

81. Avliyo Lyusiya

82. Bagama orollari hamdo'stligi

83. Dominika Hamdo'stligi

84. Sankt-Kits va Nevis Federatsiyasi

85. Yamayka

86. Qatar Davlati

10 kungacha:

87. Bahrayn Qirolligi

88. Quvayt Davlati

89. O‘mon Sultonligi

90. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari.

Izoh:

1. Ikki tomonlama xalqaro shartnomalar va tenglik asosida Ozarbayjon Respublikasi, Gruziya, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qirg‘iziston Respublikasi (60 kungacha) va Tojikiston Respublikasi (30 kungacha) bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.

2. Vizasiz rejim yuqorida sanab o‘tilgan mamlakatlarning fuqarolariga, ularning safar maqsadlaridan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha toifadagi pasport (diplomatik, xizmat va umumfuqarolik) egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Mamlakatga kirish uchun shaxs amaldagi milliy pasport yoki xorijiy mamlakatlarga safar vaqtida qo‘llaniladigan, uning o‘rniga o‘tadigan, amal qilish muddati vizani rasmiylashtirishdan kamida 6 oyni tashkil qilishi kerak bo‘lgan boshqa hujjatga ega bo‘lishi kerak.

Vizasiz rejim ushbu mamlakatlar hududlarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.

30 kunlik va 60 kunlik vizasiz rejim O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tgan paytdan boshlab amal qiladi va uning amal qilish muddati tugashi bilan chet el fuqarosi respublikani tark etishi shart.

Agar O‘zbekiston Respublikasida 30 yoki 60 kundan ortiq qolish zarur bo‘lsa, chet el fuqarosi unga O‘zbekiston Respublikasining kirish vizalari toifalaridan birini berish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi shart.

3. 16 yoshga to‘lmagan chet el fuqarolari uchun qonuniy vakillari hamrohligida va biometrik sayohat hujjati mavjud bo‘lgan holda O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish hamrohlik qilayotgan shaxsning vizasi muddati davomida, lekin mamlakatga kelgan kundan boshlab to‘qson kundan ortiq bo‘lmagan muddatda belgilanadi.

4. Bahrayn, Qatar, Quvayt, O‘mon va Xitoy fuqarolari uchun 10 kun muddatga vizasiz rejimi o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini mavjud bo‘lgan holda belgilanadi.

5. 55 yoshga to‘lgan Xitoy (turistlar guruhlari tarkibida), AQSH va Vyetnamning fuqarolari uchun turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga O‘zbekiston Respublikasiga kelishga vizasiz rejim o’rnatilgan.

6. Vengriya, Xitoy, Tojikiston va Turkmaniston (30 kungacha), Vetnam, Hindiston va Koreya Respublikasi (60 kungacha), Braziliya, Misr, Kuvayt, Latviya, BAA, Polsha, Ruminiya, Singapur, Slovakiya, Turkiya, Estoniya, va Yaponiya (90 kungacha) diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim o‘rnatdi. Ushbu mamlakatlarning (Hindistondan tashqari) diplomatik pasportiga ega bo‘lgan va o‘z mamlakatlarining O‘zbekiston hududida joylashgan diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari xodimi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan fuqarolari, shuningdek ularning oila a’zolari ishning barcha muddati davomida vizasiz kirish va qolish huquqiga ega.

7. Chet el fuqarolariga elektron kirish vizasi tartibi (e-visa.gov.uz) joriy etilgan va O‘zbekiston Respublikasi elektron vizasini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

8. O‘zbekistonga besh kungacha vizasiz kirish tartibi 2-ilovadagi davlatlat fuqarolariga nisbatan joriy etilgan bo‘lib, bunda chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari orqali tranzit bilan ketayotganlari va uchinchi mamlakatga “Uzbekistan Airways” AJning uchish chiptasiga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu amaliyot O’zbekistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni istagan tranzit yo’lovchilarga nisbatan qo’llaniladi.

9. O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro kelishuv asosida vizalarni konsullik yig‘imlari undirmasdan beradilar.

2

1-ilova

Fuqarolari elektron kirish vizasini olish (e-visa.gov.uz) yoki O‘zbekistonning konsullik muassasalarida soddalashtirilgan tartibda turizm vizalarini rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati

1. Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi

2. Misr Arab Respublikasi

3. Venesuela Respublikasi 

4. Urugvay Respublikasi

5. Gabon Respublikasi

6. Qatar Davlati

7. Quvayt Davlati

8. Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi

9. Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi

10. Eron Islom Respublikasi

11. Xitoy Xalq Respublikasi (shu jumladan Gonkong)

12. Gayana Kooperativ Respublikasi

13. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi

14. Bahrayn Qirolligi

15. Butan Qirolligi

16. Kambodja Qirolligi

17. Marokash Qirolligi

18. Saudiya Arabistoni Qirolligi

19. Tailand Qirolligi

20. Tonga Qirolligi

21. Laos Xalq Demokratik Respublikasi

22. Livan Respublikasi

23. Maldiv orollari

24. Boliviyaning Plurinational State

25. Bangladesh Xalq Respublikasi

26. Mustaqil Samoa davlati

27. Albaniya Respublikasi

28. Angola Respublikasi

29. Vanuatu Respublikasi

30. Gana Respublikasi

31. Hindiston Respublikasi

32. Kabo-Verde Respublikasi

33. Kamerun Respublikasi

34. Kiribati Respublikasi

35. Kolumbiya Respublikasi

36. Kot-d'Ivuar Respublikasi

37. Mavrikiy Respublikasi

38. Makedoniya Respublikasi

39. Marshal Orollari Respublikasi

40. Nauru Respublikasi

41. Palau Respublikasi

42. Paragvay Respublikasi

43. Peru Respublikasi

44. Seyshel orollari respublikasi

45. Senegal Respublikasi

46. Surinam Respublikasi

47. Fidji Respublikasi

48. Filippin Respublikasi

49. Ekvador Respublikasi

50. Amerika Qo'shma Shtatlari

51. Solomon orollari

52. Vetnam Sotsialistik Respublikasi

53. O‘mon Sultonligi

54. Tunis Respublikasi

55. Nepal Federal Demokratik Respublikasi

56. Mikroneziya Federativ Shtatlari

Izoh: agar zarurat bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ayrim mamlakatlarning fuqarolari uchun 30 kungacha elektron kirish vizasini olishda cheklov belgilashga haqlidir.

 

2-ilova

Fuqarolari uchun besh kungacha vizasiz tranzit kirish, vaqtincha bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasidan chiqish tartibi joriy etilayotgan mamlakatlar ro‘yxati

1. Albaniya Respublikasi

2. Jazoir

3. Antigua va Barbuda

4. Bagama Orollari

5. Barbados

6. Beliz

7. Butan Qirolligi

8. Venesuela Respublikasi

9. Vetnam Sotsialistik Respublikasi

10. Gabon Respublikasi

11. Gayana Kooperativ Respublikasi

12. Gvatemala Respublikasi

13. Gonduras Respublikasi

14. Grenada

15. Dominika

16. Dominikan Respublikasi

17. Hindiston Respublikasi

18. Kolumbiya Respublikasi

19. Kosta-Rika Respublikasi

20. Livan Respublikasi

21. Mavrikiy Respublikasi

22. Makedoniya Respublikasi

23. Maldiv Respublikasi

24. Marokash Qirolligi

25. Meksika

26. Nauru Respublikasi

27. Palau Respublikasi

28. Panama Respublikasi

29. Peru Respublikasi

30. Saudiya Arabistoni Qirolligi

31. Seyshel Orollari

32. Sent-Vinsent va Grenadin

33. Sent-Kits va Nevis

34. Sent-Lyusia

35. Amerika Qo'shma Shtatlari

36. Surinam Respublikasi

37. Tailand Qirolligi

38. Trinidad va Tobago Respublikasi

39. Tunis Respublikasi

40. Turkmaniston

41. Urugvay

42. Fiji Respublikasi

43. Filippin Respublikasi

44. Shri-Lanka

45. Ekvador Respublikasi

46. Ekvatorial Gvineya Respublikasi

47. Janubiy Afrika Respublikasi

48. Yamayka

Izoh: O‘zbekistonda viza olish va uni uzaytirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik vakolatxonalarga  xizmat ko‘rsatish byurosining xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

11536

Oxirgi yangilanish: 2025-03-06 11:16:30

O‘zbekiston Respublikasi vizasi