Tuproq eroziyasini samarali baholashga e'tibor qaratilmoqda
2025-11-06 11:00:00 / Yangiliklar

Tadbir Ekologiya vazirligi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Qurg‘oqchil mintaqalar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) hamkorligida, AQSH O‘rmon xizmati (USFS) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Degradatsiyaning oldini olish: Markaziy Osiyoda yer va iqlimning zaifligini kompleks baholash orqali eroziya va sel xavfini kamaytirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Seminar davomida yosh tadqiqotchilar, doktorantlar va mutaxassislar RUSLE ("Revised Universal Soil Loss Equation") modeli asosida tuproq eroziyasini baholash, GIS texnologiyalari va masofadan zondlash ma’lumotlari bilan ishlash bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarini mustahkamlashmoqda. Shuningdek, ArcMap dasturida RUSLE modeli parametrlari bilan ishlash, fazoviy tahlil o‘tkazish va ma’lumotlarni vizuallashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borishmoqda.
Seminarning birinchi kunida ishtirokchilar tuproq eroziyasini modellashtirish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirdilar hamda amaliy topshiriqlar orqali nazariy bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Seminar 7-noyabrgacha davom etadi. Unda RUSLE modeli parametrlarini GIS tizimlariga integratsiyalash va natijalarni tahlil qilishga oid amaliy mashg‘ulotlar rejalashtirilgan.









