Ohangaronda noqonuniy ov to‘xtatildi
2025-11-03 16:15:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Ohangaron tuman bo’limi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida Ohangaron tumani "Alisher" MFY tog'li hududida fuqaro A.Sh. tomonidan setkali to'r yordamida sava qushlari noqonuniy ovlanayotgani aniqlandi va huquqbuzar to‘xtatildi.
Holat yuzasidan A.Sh.ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 90-modda 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Holatga huquqiy baho berish uchun to’plangan hujjatlar Ohangaron tuman Jinoiy ishlar sudiga yuborildi. Huquqbuzar tomonidan ovlangan 9 ta qush esa tabiat bag‘riga qo’yib yuborildi.





