O‘zbekistonda qurilish oynalari uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi
2025-11-02 11:15:00 / Yangiliklar

Qonunga ko’ra “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunlarga qurilish oynasidan foydalanish natijasida yuzaga keladigan chiqindilarni qayta ishlash xarajatlarini qoplash uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etishni belgilovchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, qurilish oynalari uchun utilizatsiya yig‘imi joriy qilinadi. Ushbu tartib shisha va shisha buyumlarga utilizatsiya yigʻimini hisoblash, toʻlash, undirish, ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalarini qaytarish, shuningdek, shisha va shisha buyumlarning oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilarni yigʻish, tashish va utilizatsiya qilish bilan bogʻliq infratuzilmani tashkil etish tartibini belgilaydi.
Qonunning qabul qilinishi qurilish oynasi sanoatini rivojlantirishga, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolar sog‘lig‘ini va atrof-muhitni o‘z isteʼmol xususiyatlarini yo‘qotgan qurilish oynasidan hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli taʼsiridan himoya qilish va qayta ishlash bilan bog‘liq faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


