Rasmiy munosabat
2025-10-27 15:00:00 / Yangiliklar

Ekologiya inspektori tomonidan holat yuzasidan tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 1 milliard 460 million 952 ming so‘m zarar hisoblandi.
Shu bilan birgalikda, Toshkent shahar hokimligi rahbariyati vaziyatni shaxsan o‘z nazoratiga oldi, atrof-muhitga zarar yetkazgan aybdor mutasaddi shaxslarga nisbatan qonunchilik normalariga muvofiq qat’iy chora ko‘rilishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, kelgusida shahar hududida bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun vazirlik bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, inspektorlar tomonidan to‘plangan barcha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ta’minlash uchun prokuratura organlariga yuborilgan.
Bundan tashqari, hokimlik tomonidan kesilgan daraxtlarning o‘rniga 62,1 ming dona buta va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi ma’lum qilingan.




