Butunjahon qog‘ozsiz kun: raqamli kelajakni tanlang
2025-10-23 09:30:00 / Yangiliklar

Ushbu tashabbusning maqsadi bir dona qog‘ozni ishlab chiqarishda qancha tabiiy resurslar sarflanishini va raqamli, ekologik toza yechimlarga o‘tishning muhimligini ta’kidlashdir.
Har yili dunyo bo'ylab 400 million tonnadan ortiq qog'oz ishlab chiqariladi va bitta qog'oz varag'ini ishlab chiqarish uchun taxminan 10 litr suv, katta miqdordagi energiya va yog'och sarflanadi. Global ehtiyojni qondirish uchun har yili 15 million gektardan ortiq o'rmonlar kesiladi va ishlab chiqarilgan barcha qog'ozning 40 foizigacha ofislarda va qadoqlashda ishlatiladi.
Har birimiz buni kamaytirishimiz mumkin: faqat kerak bo'lganda qog‘oz chop eting, qog'ozning har ikkala tomonidan foydalaning, elektron hujjatlarga o'ting va qog'ozni qayta ishlang.
Daraxtlarni asrang — ular sog‘lom hayot, toza havo va suv manbai. Bugungi kun ongli iste'mol va tabiatga g'amxo'rlik qilish sari qadam bo'lsin.






