Bir kunda chiqindi bilan bog‘liq 400 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi
2025-10-17 10:00:00 / Yangiliklar
16-oktabr kuni respublikaning barcha hududlarida tozalik va ozodalik oyligi doirasida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq 443 holat aniqlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan jami 310,34 mln so‘m jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, 1095 korxona va fuqarolar bilan atrof-muhitni ifloslantirmaslik borasida profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, hududlar chiqindilardan tozalandi.

Ayni damda Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tuman va shaharlar kesimida doimiy ekologik nazorat o‘rnatilgan. Shuningdek, vazirlik tomonidan o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari nazorati ham kuchaytirilgan. Huquqbuzarliklarga nisbatan qat'iy chora ko‘rilmoqda.
Ma'lumot uchun, oylik doirasida 15-oktabr kuni 300 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlanib, 220 million so‘mdan ortiq jarima qo‘llanilgan edi. Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.









