Chiqindi tashlash bilan bog‘liq 300 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi
2025-10-16 12:00:00 / Yangiliklar

Ayni damda, Prezident topshirig‘iga ko‘ra, butun respublikada tozalik va ozodalik oyligi davom etmoqda. Bunda barcha hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, mahallalar, ko‘chalar, ariqlar, ta'lim muassasalari va boshqa obyektlar chiqindilardan tozalanmoqda.
Shuningdek, Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan doimiy nazorat olib borilmoqda va belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlarga nisbatan qonunchilikka ko‘ra qat'iy choralar ko‘rilmoqda.
Ekologiya vazirligi barchani oylikda faol qatnashishga, atrof-muhitga nisbatan mas'uliyatli bo‘lishga chaqiradi. Unutmang, atrof-muhitni ifloslantirish keskin javobgarlikka sabab bo‘ladi.




