Virtual suv nima va u qanday ahamiyatga ega?
2025-10-14 12:00:00 / Yangiliklar
Virtual suv mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan, lekin ko‘zga ko‘rinmaydigan suv miqdoridir. Ya’ni mahsulot tayyor bo‘lganida uning tarkibida suv ko‘rinmaydi, ammo ishlab chiqarishning turli bosqichlarida sarflangan bo‘ladi.

Fakt! 1 kg go‘sht uchun taxminan 15 000 litr, 1 kg guruch uchun 3 000 litr suv, 1 litr sut uchun 1 000 litr suv, 1 dona paxtadan qilingan futbolka uchun 2 700 litr suv sarflanadi.
Virtual suv suv resurslarini baholashda muhim ahamiyatga ega, chunki mamlakatlar mahsulotlarni import va eksport qilganda “virtual suv”ni ham savdo qiladi. Shuningdek, suv tanqisligi muammosini tushunishga yordam beradi. Masalan, suv tanqis davlat suv talabgir mahsulotni import qilib, o‘z suv resurslarini tejaydi. Qolaversa, barqaror rivojlanish siyosati uchun muhim hisoblanadi.
Virtual suv atrof-muhitni, tabiiy resurslarni tejash va barqaror rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi.
