Noqonuniy baliq ovi: zarar 100 million so’mdan ortiq
2025-10-07 15:50:00 / Yangiliklar

Reyd davomida G‘ijduvon tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro tomonidan elektr toki yordamida noqonuniy baliq ovlash holati aniqlangan. Ular tomonidan 17 dona zog‘ora va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 1 dona Turkiston mo‘ylovdori ovlangan.
Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 107 million 532 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan 18 dona baliq hamda 1 dona rezina qayiq ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi. Tegishli organlarga birlamchi hujjatlar yuborilib, hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, avvalroq Sirdaryo daryosi hududida ham noqonuniy baliq ovlangani va hayvonot dunyosiga 679 million 400 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan edi.Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
