Xazon yoqqanlar qancha jarima to‘laydi?
2025-10-06 16:00:00 / Yangiliklar

Bu kabi huquqbuzarliklar Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuning 4, 24-moddalari buzilishiga olib keladi.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 236 ming so'mdan 2 mln 60 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 60 ming so‘m 4 million 120 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (2 million 60 ming so‘m — 2 mln 884 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha (4 mln 120 ming so‘m — 6 mln 180 ming so‘m) miqdorda jarima solinadi.
Diqqat! O‘simlik qoldiqlarini yoqish natijasida atmosferaga is gazi, uglerod oksidi kabi zararli moddalar ajralib chiqadi. Bu esa nafaqat ekologiya, balki insonlar salomatligi uchun ham jiddiy xavf tug'diradi.
Dala va aholi punktlarida angʻiz, xazon va shox-shabbalarni yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlarini yoqmang! Unutmang, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish barchamizning fuqarolik burchimizdir!
