Poytaxtdagi 400 mingdan ortiq daraxt elektron ma’lumotlar bazasiga kiritildi
2025-09-29 11:00:00 / Yangiliklar

Daraxtlar raqamlashtirilgandan so‘ng navi, holati, yoshi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha dendrolog mutaxassislar tomonidan tekshiriladi.
Ma'lumot uchun, loyiha "Zamin" xalqaro jamoat fondi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Maqsad poytaxtdagi daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish va ularning elektron maʼlumotlar bazasini yaratishdir.
Yashil maydonlarning raqamli xaritasi shahar aholisi turmush tarzini yaxshilash va Toshkentning tabiiy muhitini saqlab qolishga yordam beruvchi shaharsozlik, ekishni rejalashtirish va yashil ko‘chatlarni parvarishlash, yashil hududlarni muhofaza qilish hamda tiklash ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda samarali vositaga aylanishi lozim.


