Chiqindilarni boshqarish sohasida “Call-markaz” ishga tushdi
2024-04-03 19:25:00 / Yangiliklar
Siz 1205 raqamli “Call-markaz”ga quyidagi holatlar bo‘yicha talab, takliflar va shikoyatlaringizni qoldirishingiz mumkin:
- Turar joylardan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilmaganlik holati;
- Chiqindilarni olib ketish xizmati uchun to‘lov masalalarida yuzaga keladigan holatlar;
- Qurilish chiqindilarini olib ketilishi bilan bog‘liq holatlar;
- Noreal qarzdorliklarga aniqlik kiritish bo‘yicha hamda
1275 raqamli Call-markazga esa:
- Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi faoliyati;
- Yuridik shaxslar tomonidan chiqindilarni olib ketish uchun shartnomalar tuzish holatlari;
- Tizimdagi filiallar faoliyati.
1205 hamda 1275 raqamlari orqali qoldirilgan murojaat qonunchilikda belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ko‘rib chiqiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan respublikaning istalgan hududida mavjud bo‘lgan chiqindi bilan bog‘liq holatlarda barcha telefon moslamalaridan qisqa 1205 raqamini terish orqali qo‘ng‘iroq qilinadi.
Qo‘ng‘iroq qilish va murojaat etishda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etish lozim:
— Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilishi kerak;
— Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
— Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi ko‘rsatilgan, shuningdek, murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.
Yodda tuting!
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 38-moddasiga asosan murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan. Murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek, tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasiga ko‘ra, yolg‘on ma’lumot, ya’ni qonunbuzarlik to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar yetkazish javobgarlikka sabab bo’ladi.
Sizning murojaatingiz biz uchun muhim! 1205 hamda 1275 ishonch raqamlarida takliflar va shikoyatlar eʼtiborsiz qolmaydi!