“World Cleanup Day”: Ommaviy plogging eko-aksiyasida faol qatnashing
2025-09-19 12:30:00 / Yangiliklar

“Bir Vatanda, bir maqsadda — xalqaro chiqindisiz dunyo uchun” shiori ostida tashkil etilayotgan aksiya jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, davlat idoralari
va xususiy tadbirkorlik subyektlarini atrof-muhitni chiqindilardan tozalash maqsadida birlashtirishga qaratilgan.
Ekoaksiya respublikamizning quyidagi hududlarida o‘tkaziladi:
— Toshkent viloyati va Toshkent shahri — Toshkent dengizi sohili bo‘yida;
— Sirdaryo viloyati —Sirdaryo tumani, “Kamolot” MFY, Asalchi qishlogʻi, “Sirdaryo” daryosi muhofaza hududi;
— Jizzax viloyati — Sharof Rashidov tumani, yo‘l yoqasi;
— Samarqand viloyati — Samarqand shahri, Karvon haykallar bog‘i;
— Navoiy viloyati — Navoiy shahri, “Kimyogar” MFY;
— Buxoro viloyati — Buxoro shahri, “Somoniylar” istirohat bog‘i;
— Surxondaryo viloyati —Termiz shahri, Ekobog‘ sayilgohi;
— Xorazm viloyati — Urganch shahri, Yoshlar ko‘li;
— Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahri, “Alisher Navoiy” istirohat bog‘i;
— Andijon viloyati — Andijon tumani, Z.M.Bobur bog‘i;
— Namangan viloyati — Namangan shahri, Bobur bog‘i;
— Farg‘ona viloyati — Farg‘ona tumani, “Saktak” ziyoratgohi;
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Nukus shahri.
Barchangizni ushbu eko-aksiyada faol ishtirok etishga chaqiramiz! Safimizga qo‘shiling, aksiyada faol ishtirok eting va atrof-muhitni toza saqlashga o‘z hissangizni qo‘shing.
