O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari finalda!
2025-09-18 11:30:00 / Yangiliklar

Guruh o‘yinlari doitasida U15 yosh toifasida "A" guruhida Qozog‘iston terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasini 5-0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, O‘zbekiston Tojikiston jamoasini xuddi shu hisobda ortda qoldirdi. U17 yosh toifasida esa "A" guruhida Qozog‘iston Tojikistonni 3-2, "B" guruhida O‘zbekiston Qirg‘iz Respublikasini 5-0 hisobida mag‘lub etdi. U23 yosh toifasida "B" guruhida sportchilarimiz tojikistonlik badmintonchilar ustidan 5-0 hisobida zafar quchdi.
Pley-off bosqichi ham murosasiz kechdi. Qozog‘iston terma jamoasi U15 yosh toifasida Tojikistonni 3-0, U17 yosh toifasida Mo‘g‘ulistonni 3-0, U23 yosh toifasida esa Tojikistonni 3-0 hisobida yengib, finalga chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa U15 yosh toifasida Mo‘g‘ulistonni 3-0, U17 yosh toifasida 3-1, U23 yosh toifasida esa Qirg‘iz Respublikasini 3-0 hisobida ortda qoldirdi.
Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasida barcha yosh toifalarida final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.






