Dilnoza Kubayeva: "Suvni borida qadrlang, tabiatni birgalikda asraymiz!"
2025-09-18 09:30:00 / Yangiliklar
Suv — bu hayot. Uning har bir tomchisida hayot, poklik, baraka mujassam. Biz suvdan har kuni foydalanamiz: ichamiz, yuvinamiz, ovqat pishiramiz, dalamizni sug‘oramiz. Ammo ko‘p hollarda bu ne’matning qanchalik qadrli ekanini anglamaymiz.

Bugun yer yuzining ko‘plab hududlarida toza ichimlik suvi taqchilligi muammo bo‘lib qolmoqda. Suv resurslari cheklangan, global isish va iqlim o‘zgarishlari bu muammoni yanada chuqurlashtirmoqda. Shunday ekan, suvni isrof qilmaslik — har birimizning insoniy burchimizdir.
Taniqli aktrisa Dilnoza Kubayevaning fikrlari ham shu haqida bo'lib, ushbu ijtimioy rolik "O'zsuvta'minot" tomonidan tayyorlandi.
