Chempionatning 1-kuni: O‘zbekiston terma jamoasi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi
2025-09-17 10:00:00 / Yangiliklar

Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi birinchi kunda barcha yosh toifalarida dastlabki bahslarda g‘alaba qozonishdi. Xususan, U15 yosh toifasida "B" guruhidan o‘rin olgan hamyurtlarimiz Turkmaniston terma jamoasini umumiy 5-0 hisobida mag'lub etgan bo‘lsa, U17 yosh toifasida Mo‘guliston xuddi shunday hisobda mag‘lub etildi. Shuningdek, U23 yosh toifasida ham turkmanistonlik badmintonchilarga qarshi o‘ynagan sportchilarimiz 5-0 hisobida zafar quchishdi.
Birinchi kunda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing:
U15 yosh toifasida
"A" guruhi — Mo‘g‘uliston — Qirg‘iz Respublikasi: 5-0
"A" guruhi — Qozog‘iston — Mo‘g‘uliston: 3-2
"B" guruhi — O‘zbekiston — Turkmaniston: 5-0
"B" guruhi — Turkmaniston — Tojikiston: 1-4
U17 yosh toifasida:
"A" guruhi — Turkmaniston — Tojikiston: 0-5
"A" guruhi — Qozog‘iston — Turkmaniston: 5-0
"B" guruhi — Mo‘g‘uliston — Qirg‘iz Respublikasi: 4-1
"B" guruhi — O‘zbekiston — Mo‘g‘uliston: 5-0
U23 yosh toifasida
"A" guruhi — Qozog‘iston — Qirg‘iz Respublikasi: 5-0
"B" guruhi — Turkmaniston — O‘zbekiston: 0-5
"B" guruhi — Tojikiston — Turkmaniston: 4-1
Bugun guruh bahslari davom ettiriladi. Hamyurtlarimiz U15 va U23 yosh toifalarida Tojikiston, U17 yosh toifasida esa Qirg‘iz Respublikasi jamoalariga qarshi kuch sinashadi.









