"Tipratikan va ilonli sho‘rva": hujjatlar sud organlariga yuborildi
2025-09-05 12:00:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda ilondan sho‘rva tayyorlanayotgani aks etgan video tarqaldi.

Holat Farg‘ona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasi hamda 1-mintaqaviy PPX xodimlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish natijasida Oltiariq tumanining "Zilha" MFY hamda Buvayda tumanining "Boston buvo" MFY hududlaridagi qum barxanlarida huquqbuzar tomonidan tipratikan hamda ilon noqonuniy saqlanib, sho‘rva tayyorlab sotilayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi.
