Suv kodeksi: suv umummilliy boylik va davlat muhofazasida
2025-09-02 11:00:00 / Yangiliklar

Kodeksga ko‘ra, suv umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Suvdan foydalanish umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi. Qonunga asosan, suv obyektlari toifalariga O‘zbekistonning yer usti va yer osti suv obyektlari, O‘zbekistonda joylashgan va uning hududini kesib o‘tadigan transchegaraviy yer usti va yer osti suv obyektlari kiradi.
Shuningdek, suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo‘lishi mumkin. Suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda hududlar darajasida kollegial-maslahat organi shaklida suv kengashlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengashi tuziladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
