O‘zbekistonda ayrim qush turlarini ovlashga ruxsat berildi
2025-08-21 18:15:00 / Yangiliklar

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining “Ov qilish va ov xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, har yili 1-martdan 15-avgustga qadar ov qilish qat’iyan ta’qiqlanadi.
Qolgan qushlar va yovvoyi hayvon turlariga ruxsatnoma muddatlarini O’zbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xo’jaligi to’g’risida”gi 627-sonli qonuni 2-ilovasidan bilib olishingiz mumkin.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi barcha ovchilarni belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etishga chaqiradi. Mavsum davomida quyidagi qoidalarga e’tibor qaratilishi va amal qilinishi lozim:
— Ov faqat ruxsatnoma va ovchilik yo‘llanmasi asosida amalga oshiriladi;
— Qonunga xilof ravishda ov qilish, ruxsat etilmagan hududlarda yoki belgilangan miqdordan ortiqcha hayvon va qushlarni ovlash qat’iyan man etiladi;
— Ov jarayonida xavfsizlik choralariga, ayniqsa, qurol va o‘q-dorilardan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi lozim;
— Atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, chiqindilarni tashlamaslik va tabiatni asrash har bir ovchining burchidir.
Unutmang! Ov qilish davomida qonunchilik talablarini buzish qat'iy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
