Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida qoidabuzarliklar uchun 80 million so‘mdan ortiq jarimalar qo‘llanildi
2025-08-14 18:00:00 / Yangiliklar

Reydlar davomida 13 ta huquqbuzarlik aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari asosida huquqbuzarlarga jami 82 million 400 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Ma’lumot uchun: Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi mamlakatimizdagi eng yirik suv-botqoq hududlardan biri bo‘lib, o‘nlab turdagi baliqlar, qushlar va boshqa hayvonot dunyosi vakillarining yashash joyi hisoblanadi. Bu yerda ekologik muvozanatning buzilishi mintaqaning biologik xilma-xilligiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Navbatdagi nazorat tadbirlari ham noqonuniy baliq ovlash va boshqa turdagi brakonerlikning oldini olishga qaratildi.
Aydar-Arnasoy ko‘llarini muhofaza qilish ishlari davom ettiriladi.




