O‘zbekistonda “Toza havo” aksiyasining ikkinchi bosqichi boshlandi
2025-08-13 14:00:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunlari talablarini bajarish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Aksiyadan maqsad — avtotransport vositalarining ekologik holati va ulardan chiqadigan tashlamalardagi ifloslantiruvchi moddalarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligini nazorat qilish orqali davlat ekologik nazoratini amalga oshirishdir.
Eslatib o‘tamiz, aksiyaning birinchi bosqichi 2025-yil 10-apreldan 10-maygacha o‘tkazilgan. Unda mutaxassislar tomonidan zamonaviy vositalar yordamida 251 858 ta avtomobil tekshiruvdan o’tkazilgan. Natijada 2222 ta transport vositasida belgilangan me’yorlarga zid holatlar (umumiy tekshirilganlarning 0,9 foizi) aniqlanib, har bir holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.
Ikkinchi bosqichning o‘tkazilishi mamlakatdagi atmosfera havosi sifatini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish va transport vositalarining texnik holati ekologiyaga ta’sir qiluvchi muhim omil ekanini anglatishga xizmat qiladi.
