“Yuqori-To’palang”dagi qo’ng’ir ayiqlar
2025-08-12 12:30:00 / Yangiliklar

Tyan-Shan qo’ng’ir ayig’i O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo’lib, G‘arbiy Tyan-Shan va G‘arbiy Pomir-Oloy hududlarida mozaik tarzda tarqalgan. Ular martdan oktabrgacha faol bo‘lib, asosan, tong va kechki paytda faollashadi. Juftlashish davri may–iyun oylariga to‘g‘ri keladi, bolalari (1 dan 3 tagacha) har ikki yilda yanvar–fevral oylarida tug‘iladi. Yosh ayiqlar mart–aprel oylarida bolalik joyini tark etadi va 3–4 yoshda balog’atga yetadi. Ularning ovqatlanish ratsioniga mevalar, piyoz ildizlari, shuningdek, kamroq miqdorda sutemizuvchilar, hasharotlar va o‘lik hayvonlar kiradi. Ularning umr ko‘rish davomiyligi 30 yilga teng.
Ma’lumot uchun, “Yuqori To’palang” milliy tabiat bog‘i 2022-yil 4-martda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tashkil etilgan. Bog‘ hududida 46 turdagi hayvonlar yashaydi, ulardan 20 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

