Huquqbuzar 15 mln so‘mdan ortiq tovon to‘laydigan bo‘ldi
2025-08-06 15:00:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Paxtachi tuman bo‘limi davlat inspektorlari va Paxtachi davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari ishtirokida qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reyd davomida fuqaro X.A. tomonidan o‘ziga tegishli davlat raqami "70 QA 901" VOLVO rusumli ekskavator yordamida Zarafshon daryosi o‘zaniga tushish uchun yo‘l ochish maqsadida tabiiy holda o‘sgan 4 metr kub yulg‘un butalari kundakov qilinganligi maʼlum bo‘ldi. Natijada o‘simlik dunyosiga 4 million 944 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 10 million 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. X.A. jami 15 million 244 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
