Chotqolda noyob kiyik turi — elik ko‘paymoqda
2025-08-04 10:00:00 / Yangiliklar

Eliklar Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Yozda oʻtloqlar va togʻ yon bagʻirlarida yashaydi. Qishda togʻdan vodiylarga tushadi. Koʻpincha 2 ta, baʼzan 3 ta bolalaydi. Daraxt bargi va novdalari, rezavorlar, lishayniklar bilan oziqlanadi. Urgʻochisining uzunligi 140 sm gacha, boʻyi 90 sm gacha, ogʻirligi 55 kg gacha boradi. Erkaklari esa kichikroq, dumi kalta, 3, baʼzan 4 qisqa butoqli kichik shoxi bor.
Kiyiklarning bu turi qo‘riqxonada qariyb 15 yil davomida ko‘rinmay ketgandi. Yaqin 4 yilda yana paydo bo‘ldi va ko‘paytirilmoqda. Ayni damda hududda eliklar soni 7 tani tashkil qiladi.
Ma'lumot uchun, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi 1947-yil dekabr oyida tashkil etilgan. Hududda hayvonot olamining 1300 ga yaqin umurtqali hamda umurtqasiz turlari uchraydi. Sut emizuvchilardan tog‘ echkisi, elik, oq tirnoqli Tyan-Shan ayig‘i, ko‘k (Menzbir) sug‘uri, silovsin, bo‘ri, qor qoploni hamda bir qancha hayvon turlarini uchratish mumkin. Bularning 20 turi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga, 2 turi — qor qoploni va Menzbir sug‘uri Xalqaro Qizil ro‘yxatga kiritilgan.
