Bayonot!
2025-08-03 18:30:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasini amalga oshirish shartlarini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinganligi munosabati bilan, Ekologiya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida loyihaning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik normalariga rioya etilishi, ekologik shartlarga amal qilinishi, atmosferaning ifloslanishi, tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish, fuqarolar hayoti va salomatligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash boʻyicha doimiy nazoratni amalga oshiradi.
Vazirlik muloqotga va murojaatlarni koʻrib chiqishga ochiqligini bildirgan holda, atrof-muhitni muhofaza qilish davlatning mutlaq ustuvor yoʻnalishi boʻlib qolishini alohida taʼkidlaydi.
