Surxon davlat qo‘riqxonasining boy hayvonot dunyosi
2025-07-31 10:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Surxon davlat qo‘riqxonasi hayvonot dunyosi boyib bormoqda. Buni qo‘riqxonada o‘rnatilgan fotoqopqonlarga muhrlanayotgan turli kadrlardan bilish mumkin.

Rolikda Buxoro tog‘ qo‘yi, jayra, tulki, morxo‘r, quyon, kaklik, silovsin, to‘ng‘iz kabi hayvonlar kadrlari aks etgan.
Ma'lumot uchun, Surxon davlat qo'riqxonasi 1986-yil 8-sentabrda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tashkil etilgan. Bugungi kunda qo'riqxonada 194 tur umurtqali hayvonlar, 26 tur sut emizuvchilar, 137 tur qushlar, 24 tur sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchilar, 5 tur baliqlar, jami 194 tur hayvonot dunyosi vakillari uchraydi.
Hududdagi hayvonlarning 25 turi noyob hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.





