Daraxtlarni noqonuniy ko‘chirgan mansabdorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2025-07-29 18:00:00 / Yangiliklar

Reyd davomida Buxoro shahri “Sheyxon” MFY hududida joylashgan tibbiyot markazida radiologiya bo‘limini qurish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan paytda, ushbu obyekt atrofi o‘rab olinganligidan foydalanib, “M. G.” MChJ mansabdor shaxslari tomonidan qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgan. Ya’ni tibbiyot markazi hududida daraxtlar noqonuniy tarzda ko‘chirilgan.
O‘rganish jarayonida hududdan jami 38 tup qimmatbaho daraxt ko‘chirib o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 26 tupi nobud bo‘lganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 170 million 62 ming 500 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
