Rasmiy munosabat!
2025-07-21 17:00:00 / Yangiliklar

Ayni damda ifloslanish manbalarini o‘rganish davom etmoqda. Xususan, bugun, 21-iyul kuni Navoiy shahar sanoat hududlari atrofida tahlillar o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, “Navoiyazot” va “Sagda Kimyo” korxonalari atrofida ifloslantiruvchi moddalar miqdori me’yordan yuqori emasligi aniqlangan.
Ma’lumot uchun, avvalroq “Navoiyazot” atrofida tahlil ishlari olib borilganda, atmosfera tarkibida ammiak 1,4 baravar hamda vodorod sulfid 16,8 baravar me’yordan yuqori ekani ma’lum bo‘lgandi.
Ayni paytda ushbu hududda joylashgan bir nechta sanoat korxonalari faoliyatini o‘rganish uchun tekshiruvlar tayinlangan. O‘rganish jarayonlari bevosita jamoatchilik vakillari ishtirokida olib borilishi rejalashtirilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


