Orolqumda noyob sayg‘oqlar fotoqopqonga tushdi
2025-06-30 10:00:00 / Yangiliklar

Sayg‘oq — O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) Qizil ro‘yxatiga kiritilgan, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvon hisoblanadi. U, asosan, Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt platosida, Sharqiy va Janubiy Qoraqalpog‘iston hududlarida hamda Orol dengizi tubida uchraydi. Ilgari Surxondaryo va Sirdaryo havzalarida, shu jumladan, Farg‘ona vodiysining tekislik qismlarida ham keng tarqalgan.
2016-yilda chegara hududlardagi ustyurt populyatsiyasi soni 1 900 boshni tashkil etgan. Hozirda esa Qoraqalpog‘istonning Orolbo‘yi mintaqasi va Orol tubida yashovchi guruhlar soni taxminan 200 boshni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, “Orolqum” milliy tabiat bog‘i 2022-yil 4-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida tashkil etilgan. Bog‘ hududida 25 turdagi hayvonot dunyosi vakillari yashaydi, ulardan 4 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.





