25-iyun kuni O‘zbekistonda navbatdagi «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi
2025-06-24 12:00:00 / Yangiliklar

Ertaga an’anaviy tarzda davlat tashkilotlari rahbarlari va xodimlari, shuningdek, barcha fuqarolarga shaxsiy avtomashinalardan voz kechib, jamoat transportida harakatlanish, piyoda yurish, velosipedlar va boshqa ekologik toza harakat vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Bu kabi tashabbuslar atmosferaga zararli tashlamalarni va shaharda shovqinni kamaytirishga, shuningdek, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga yordam beradi.
«Avtomobilsiz kun» aksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi №37-sonli farmoniga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni o‘tkaziladi.
Aksiyaga qo‘shiling va toza havo, sog‘lom hayot tarzi hamda ekologik barqaror kelajak sari qadam tashlang!
