2-kunning eng muhim voqealari
2025-06-21 10:00:00 / Yangiliklar
"Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasining ikkinchi kuni Germaniya bilan Markaziy Osiyoda shaharlarning barqaror rivojlanishi bo‘yicha mintaqaviy loyiha yo‘lga qo‘yilgani va memorandum imzolangani, ICBA bilan sho‘rlanish va suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqarorlashtirish masalalari muhokama qilingani, GCIP-Qozog‘iston tajribasi taqdim etilgani, Qozog‘iston Ekologiya vaziri ishtirokidagi samarali muhokamalar hamda boshqa muhim voqealar bilan yodda qoldi.

Demak, ikkinchi kunning eng muhim voqealari:
✔️O‘zbekiston va Germaniya Markaziy Osiyoda shaharlarning barqaror rivojlanishi bo‘yicha mintaqaviy loyihani yo‘lga qo‘ymoqda;
✔️Sho‘rlanish va suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqarorlashtirish masalalari muhokama qilindi;
✔️Barqaror kelajak sari “Yashil akseleratsiya”: GCIP-Qozog‘iston tajribasi “Eco Expo Central Asia”da taqdim etildi;
✔️Yerlan Nysanbayev "Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ekologik ko‘rgazmasi haqida fikr bildirdi.


